Jahon tarixi: qadimgi dunyo tarixi - insoniyat tamadduni boshlab bergan va dunyo tarixida ilk davlatchilik asoslarining shakllanish jarayonlarini ilmiy asosda tahlil qilib bera oladigan fan hisoblanadi. Bu fan talabalarga Qadimgi Sharq davlatchiligi va Qadimgi G'arb davlatchiligining shakllanishi, ularning o'zaro bir-biridan farqli va o'xshash jihatlari, taraqqiyotining yuqori bosqichlari hamda tanazzulining sabablarini manbalar asosida, qiyosiy o'rganishlari uchun zamin yaratib beradi.