Fanining maqsadi – Fanni oʻqitishdan maqsad - jahon tarixining turli bosqichlarida ro’y bergan muhim ijtimoiy, siyosiy voqyealarni, madaniy va iqtisodiy jarayonlarni, insoniyat rivojida muhim rol o’ynagan turli omillar, tarixiy rivojlanish jarayonida turli mamlakat hamda mintaqalarga xos bo’lgan xususiyatlarni, sodir bo’lgan voqyea-hodisalarning mintaqalar va mamlakatlar bilan o’zaro bog’liqligini har tomonlama o‘rganishdan iborat. Shu bilan birga talabalarning g‘oyaviy - mafkuraviy saviyasi, tarixni xolisona o’rganish bilim va ko’nikmasining uzluksiz o‘sib borishini ta’minlab, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdir.
Fanining vazifalari – jahon tarixining turli bosqichlarida ro’y bergan voqealarni, madaniy va iqtisodiy jarayonlarni, o’rganayotgan fan nazariyasini chuqur o‘rgatish;
Talabalarda jahon xalqlari va mamlakatlarining jahon siyosiy maydonlaridagi o‘rni va mavqeini tarixiy nuqtai - nazardan xolisona baho berish bo’yicha ko’nikmani shakllantirish;
Dunyo xalqlari mintaliteti, urf-odat va qadriyatlarini chuqur anglashga yo’naltirish;
O’rta asrlar davrdan to hozirgi kunga qadar jahon xalqlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yuz bergan o’zgarishlarni ilmiy tadqiq etishga ko’maklashish.