Fanni oʻqitishdan maqsad - jahon tarixining turli bosqichlarida ro’y bergan muhim ijtimoiy, siyosiy voqyealarni, madaniy va iqtisodiy jarayonlarni, insoniyat rivojida muhim rol o’ynagan turli omillar, tarixiy rivojlanish jarayonida turli mamlakat hamda mintaqalarga xos bo’lgan xususiyatlarni, sodir bo’lgan voqyea-hodisalarning mintaqalar va mamlakatlar bilan o’zaro bog’liqligini har tomonlama o‘rganishdan iborat. Shu bilan birga talabalarning g‘oyaviy - mafkuraviy saviyasi, tarixni xolisona o’rganish bilim va ko’nikmasining uzluksiz o‘sib borishini ta’minlab, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdir.