Foydalanish shartlari va qoidalari


Masofaviy ta’lim platformasida tahsil olayotgan talabalar uchun tizimdan foydalanish bo‘yicha

ESLATMA

1.    Har bir talaba o‘zi o‘qiydigan ta’lim yo‘nalishining ishchi o‘quv rejasi bilan tanishib chiqishi lozim;

2.    Talabalar uchun qo‘llanma bo‘limidagi videodarslarni ko‘rib chiqish;

3.    Fan sillabusini diqqat bilan o‘qib chiqish;

4.   Professor-o‘qituvchi tomonidan fan (keying o‘rinlarda – kurs deb yuritiladi) bo‘yicha beriladigan qo‘shimcha talablarga rioya qilish;

5.     Oʻz vaqtida tizimga kirish va faol ishtirok etish

•      Onlayn darslarga (videokonferensiyalar, forumlar, chatlar) qatnashish

•      Ta’lim platformasidagi yangiliklarni kuzatib borish (Moodle, Google Classroom va h.k.)

6.     Ma’ruzalar va o‘quv materiallari bilan tanishish

•      Yozuvli, audio yoki video materiallarni to‘liq ko‘rish va tushunishga harakat qilish

•      Kerakli bo‘lsa, qayta ko‘rib chiqish

7.     Mustaqil ishlash

•      Topshiriqlarni bajarish (testlar, esse, amaliy ishlar va h.k.)

•      Resurslardan mustaqil foydalanib bilimni chuqurlashtirish

8.     Muddatlarga amal qilish

•  Har bir kursda berilgan topshiriqlarni (seminar, amaliy topshiriq, mustaqil ta’lim topshirig‘i, test) belgilangan muddatlarda bajarishi lozim. Aks holda berilgan topshiriqlar bloklanadi hamda talaba tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish imkoni bo‘lmaydi;

•      Imtihon va nazorat ishlarining sanalariga e’tiborli bo‘lish.

9.     Kommunikatsiya va muloqot

•      O‘qituvchilar bilan aloqa qilish: savol berish, fikr almashish

•      Guruhdoshlar bilan birgalikda muhokamalar va jamoaviy ishlarda ishtirok etish

10. Texnik vositalardan foydalanish

•      Kompyuter, telefon yoki planshet orqali platformalardan to‘g‘ri foydalanish

•      Elektron pochta va bulutli hujjatlar bilan ishlashni bilish (Google Drive, Docs va h.k.)

11. Mas’uliyatli va intizomli bo‘lish

•      O‘qishdagi muvaffaqiyat ko‘proq o‘ziga bog‘liqligini anglash;

•      Tartibli jadval asosida o‘qish va dam olish vaqtini rejalashtirish.