Foydalanish shartlari va qoidalari
Masofaviy ta’lim platformasida tahsil olayotgan talabalar uchun tizimdan foydalanish bo‘yicha
ESLATMA
1. Har bir talaba o‘zi o‘qiydigan ta’lim yo‘nalishining ishchi o‘quv rejasi bilan tanishib chiqishi lozim;
2. Talabalar uchun qo‘llanma bo‘limidagi videodarslarni ko‘rib chiqish;
3. Fan sillabusini diqqat bilan o‘qib chiqish;
4. Professor-o‘qituvchi tomonidan fan (keying o‘rinlarda – kurs deb yuritiladi) bo‘yicha beriladigan qo‘shimcha talablarga rioya qilish;
5. Oʻz vaqtida tizimga kirish va faol ishtirok etish
• Onlayn darslarga (videokonferensiyalar, forumlar, chatlar) qatnashish
• Ta’lim platformasidagi yangiliklarni kuzatib borish (Moodle, Google Classroom va h.k.)
6. Ma’ruzalar va o‘quv materiallari bilan tanishish
• Yozuvli, audio yoki video materiallarni to‘liq ko‘rish va tushunishga harakat qilish
• Kerakli bo‘lsa, qayta ko‘rib chiqish
7. Mustaqil ishlash
• Topshiriqlarni bajarish (testlar, esse, amaliy ishlar va h.k.)
• Resurslardan mustaqil foydalanib bilimni chuqurlashtirish
8. Muddatlarga amal qilish
• Har bir kursda berilgan topshiriqlarni (seminar, amaliy topshiriq, mustaqil ta’lim topshirig‘i, test) belgilangan muddatlarda bajarishi lozim. Aks holda berilgan topshiriqlar bloklanadi hamda talaba tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish imkoni bo‘lmaydi;
• Imtihon va nazorat ishlarining sanalariga e’tiborli bo‘lish.
9. Kommunikatsiya va muloqot
• O‘qituvchilar bilan aloqa qilish: savol berish, fikr almashish
• Guruhdoshlar bilan birgalikda muhokamalar va jamoaviy ishlarda ishtirok etish
10. Texnik vositalardan foydalanish
• Kompyuter, telefon yoki planshet orqali platformalardan to‘g‘ri foydalanish
• Elektron pochta va bulutli hujjatlar bilan ishlashni bilish (Google Drive, Docs va h.k.)
11. Mas’uliyatli va intizomli bo‘lish
• O‘qishdagi muvaffaqiyat ko‘proq o‘ziga bog‘liqligini anglash;
• Tartibli jadval asosida o‘qish va dam olish vaqtini rejalashtirish.